Bugun Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va viloyat Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi hamkorligida Farg‘ona shahridagi 16 ta maktabda barcha fanlar yo‘nalishi bo‘yicha “Najot — ta’limda, najot — tarbiyada, najot — bilimda!” shiori ostida o‘quv-amaliy seminarlar bo‘lib o‘tdi.

 

Jumladan, 2-maktabda viloyatdagi ona tili va o’zbek tili o’qituvchilari uchun tashkil etilgan seminar yangi darsliklardagi grammatik mavzularni tushuntirishda mavjud muammolarni bartaraf etish metodikalari, o‘qish savodxonligi va ona tili fanlari doirasida 4K modelini qo‘llash, o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish, loyihaga asoslangan ta’lim, mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar asosida o’tdi.

Unda ishtirokchilar tajribali trenerlar tomonidan yangi texnologiyalar haqida berilgan ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Seminar ko’tarinki ruhda o’z nihoyasiga yetdi.

  

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *