Bugun Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va viloyat Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi hamkorligida Farg‘ona shahridagi 16 ta maktabda barcha fanlar yo‘nalishi bo‘yicha “Najot — ta’limda, najot — tarbiyada, najot — bilimda!” shiori ostida o‘quv-amaliy seminarlar bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, Farg`ona shahridagi 4-IMI da “Tabiiy fanlarni o`qitishda fanlararo bog`liqlikdan foydalanishning dolzarb muammolari “ mavzusida o`quv – amaliy seminar tashkillandi.O`quv –amaliy  seminarda tabiiy fandan olti xil mavzudagi  amaliy mashg`ulotlarni tashkillashdagi mavjud muammolar va ularning yechimlari  trenerlar tomonidan ko`rsatib berildi. Bu o`tkazilgan seminardan ko`zlangan maqsadga erishildi. O`qituvchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. O`qituvchilarga tabiiy fanni o`qitish bo`yicha metodik tavsiyalar berildi. Bu seminar davomi tuman va shaxharlarda viloyatda qatnashgan ustozlar orqali barcha ustozlarga yetkazilishi nazarda tutilgan.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *