Bugun Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi hamda Farg‘ona viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda Farg‘ona shahridagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Texnologiya” fani o’qituvchilarini Robototexnika va Arduino platasi, uning tarixi, kelajagi va bugungi kundagi imkoniyatlari mavzusida O‘quv-Seminar tashkillandi.
O’quv-amaliy tadbirda viloyatdagi shahar va tumanlardagi maktablarda faoliyat olib borayotgan texnologiya fani o‘qituvchilari qatnashdilar.
Seminar ishtirokchilari 4 ta guruhga bo‘linib, seminar doirasida 8 nafar tajribali trenerlar tomonidan “Arduino va uning imkoniyatlari, svetodiodlarni yoqish va o‘chirish” kabi mavzulardagi amaliy mashg‘ulotlarda o‘z bilimlarini mustahkamlab oldilar.
Har bir ishtirokchilar o‘z hududlaridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining texnologiya fani o‘qituvchilariga bugungi seminar mavzularini va yangiliklarni yetkazishga ham kelishib oldilar.