Xabaringiz bor joriy yilning  5-yanvar kuni Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va viloyat Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi hamkorligida Farg‘ona shahridagi 2-IDUMIda “Ona tili va adabiyot darslarida loyiha ishlari orqali o’quvchilarning amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish” mavzusida seminar tashkillangan edi.

Ushbu seminarning uzviy davomi sifatida 8-yanvar kuni bir qator tumanlarda, xususan, Qo’shtepa,Toshloq,O’zbekiston, Yozyovon va Farg’ona tumanlarida seminarlar ko’tarinki kayfiyatda davom etdi.
Viloyatda qatnashgan ustozlar tomonidan tumanlardagi barcha ona tili va adabiyot fani o’qituvchilariga darslarda loyiha ishlarini tashkil etish, o’quvchilarda 4K modeli va XXI asr ko’nikmalarini shakllantirish kabi mavzularda o’quv-amaliy mashg’ulotlar ko’rsatib berildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *