O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 16-avgust kungi “Tajriba-sinov maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish to’g’risida”gi 248-sonli buyrug’i asosida bugun Farg’ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi Metodik xizmat ko’rsatish bo’limi fan metodistlari va viloyat Prezident maktabi o’qituvchilari bilan hamkorlikda yangi baholash tizimiga o’tgan Farg’ona viloyatidagi 36 ta umumta’lim maktablari o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlari uchun “Yangi baholash tizimining afzalliklari va o’quvchilar bilimida aniqlangan bo’shliqlarni aniqlash” mavzusida o’quv-trening o’tkazildi.

Ushbu trening davomida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari M.Odilxo’jayeva ham ishtirok etib, mavzu yuzasidan o’z mulohazalarini bildirib o’tdi. O’quv-trening bahs-munozaraga boy va qiziqarli tarzda o’tdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *