Bugun Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi fan metodistlari M.Eraliyeva va Sh.Axunjanova tomonidan pedagogik markaz ona tili va adabiyot fani tinglovchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 5-dekabr kungi “Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 372-sonli buyrug‘i 3-ilovasiga asosan metodik soat tashkil etildi.
Ushbu metodik soat davomida o‘qituvchilar o‘rtasida metodik so‘rovnoma o‘tkazilib, metodik yordam, yangi baholash tizimi va yangi metodlar haqida oq‘ituvchilarning fikr-mulohazalari o‘rganildi. Shu bilan birga, ushbu metodik soat davomida metodistlar tomonidan o‘qituvchilarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *