Bugun Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi ingliz tili o‘qituvchisi Y.Yormatova tomonidan malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida “Mahorat darsi” tashkillandi.
Dars “4K koʻnikmalarini shakllantirish metodikasi” moduli bo‘yicha olib borildi. Farg‘ona shahar 41-IDUM ingliz tili o‘qituvchisi Baxromova Mahliyo Bahromjon qizi va Farg‘ona shahar 44-maktab o‘qituvchisi Qahhorova Shahnoza boshchiligida “Ingliz tilini oʻqitishda, sinflar kesimida kritik (tanqidiy) va kreativ fikrlash ko‘nikmasi rivojlantirish” hamda “Ingliz tilini oʻqitishda, sinflar kesimida hamkorlikda ishlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish” mavzusida Quvasoy shahar 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ingliz tili o‘qituvchisi Ne’matullayeva Mahzuna, Marg‘ilon shahar 1-IDUM ingliz tili o‘qituvchisi Dilorom Ibrohimova hamkorlikda pedagogik markazda tashkil etilgan ingliz tili 1-guruh tinglovchilari bilan “Useful websites” mavzusida dars mashg‘ulotini olib bordilar.
Tinglovchilar juftliklarda va kichik guruhlarda ishlab, o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Mazkur mahorat darsi juda ham jonli va qiziqarliligi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Bundan tashqari mashg‘ulotda dars davomida o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun “Eliciting”, “Line-up”, “Running dictation”, “Cluster” mashqlardan foydalanish mumkinligi to‘g‘risida ham tegishli ko‘rsatmalar berildi. Mashg‘ulot yakunida har bir tinglovchi mazkur mahorat darsi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.