Buyuk allomalarimiz Mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburlarning tavallud kunlari munosabat bilan Pedagogik markazimizda “Axborot-resurs markazi” xodimlari hamda “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrsi katta o‘qituvchisi G.Ismatullayeva boshchiligidagi MTT tarbiyachilari kursi tinglovchilari bilan hamkorlikda “Nafosat ilmining sohiblari” nomli tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida A.Navoiy hamda Z.M.Bobur hayoti va faoliyatlari asosida o‘tkazilgan viktorina savol javoblarida faol ishtirok etgan tinglovchilar “Axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Tadbirda namoyish etilgan g‘azallar, sahna ko‘rinishlari, kuy va qo‘shiqlar tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi.

    

 

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *