Joriy yilning 14-fevral kuni Farg’ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi Metodik xizmat ko’rsatish bo’limi fan metodistlari Qo’shtepa tumanidagi 4-umumiy o’rta ta’lim maktabida “Najot ta’limda, najot tarbiyada, najot bilimda” shiori ostida “Sifatli ta’lim – kelajak poydevori” mavzusida tashkillangan seminarga tashrif buyurdilar.

  

Fan metodistlari tashrif davomida tashkillangan ochiq darslarni kuzatdilar va o’qituvchilarga o’zlarining tavsiyalarini berdilar.
Seminar yakunida namoyish etilgan buyuk siymolar Zahiriddin Muhammad Bobur va Alisher Navoiy tavalludiga bag’ishlangan musiqali tadbir namoyishi barcha ishtirokchilarga xushkayfiyat ulashdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *