Bugun Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi ingliz tili o‘qituvchisi Y.Yormatova tomonidan malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida “Mahorat darsi” tashkillandi.

Dars “4K koʻnikmalarini shakllantirish metodikasi” moduli bo‘yicha olib borildi. Farg‘ona shahar 26-o’rta ta’lim maktabi ingliz tili o‘qituvchisi Sadikova Sevara Baxtiyorovna boshchiligida “Ingliz tilini oʻqitishda, sinflar kesimida kritik (tanqidiy) va kreativ fikrlash ko‘nikmasi rivojlantirish”  hamda  “Paretto qonuni” mavzusida  Marg’ilon Shahar 8-o’rta ta’lim maktabi Karimova Dinara, Marg‘ilon shahar 2-o‘rta ta’lim maktabi ingliz tili o‘qituvchisi Madaminov Muhammadbobur pedagogik markazda tashkil etilgan ingliz tili 1-guruh tinglovchilari bilan  “Interactive methods in teaching young learners” mavzusida  dars mashg‘ulotini olib bordilar.

Tinglovchilar juftliklarda va kichik guruhlarda ishlab, o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Mazkur mahorat darsi juda ham jonli va qiziqarliligi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Bundan tashqari mashg‘ulotda dars davomida o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun “Jig saw”, “Information gap”, “Cluster” mashqlardan foydalanish mumkinligi to‘g‘risida ham tegishli ko‘rsatmalar berildi. Mashg‘ulot yakunida har bir tinglovchi mazkur mahorat darsi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

 

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *