Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023-yil 22-dekabrda o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida mamlakatimiz ma’naviy-ma’rifiy hayoti bilan bog‘liq yangi istiqbolli tashabbuslar o‘rtaga tashlandi. Mazkur yig‘ilishda Prezidentimiz kuyunchaklik bilan aytgan quyidagi so‘zlar butun jamiyatga, millionlab qalblarga uyg‘onish ruhini olib kirdi: “Tarixdan ma’lum: Vatan va xalq taqdiriga nisbatan tahdidlar kuchaygan vaziyatda aynan millat fidoyilari – uyg‘oq qalbli ziyolilar, shoir va adiblar, san’at namoyandalari, ma’naviyat va ma’rifat sohasi xodimlari jasorat bilan maydonga chiqqanlar. Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga kirayotgan hozirgi paytda bizga jadid bobolarimiz kabi g‘arb ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur”. Prezidentimiz kuyunchaklik bilan aytgan yuqoridagi so‘zlari butun jamiyatga, millionlab qalblarga uyg‘onish ruhini olib kirdi.
Shu munosabat bilan bugun Farg‘ona viloyati pedagoglarini yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi ingliz tili yo‘nalishi tinglovchilari bilan “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Pedagogik markazning Ijtimoiy, iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi professori N.Abdulahatov, kafedra o‘qituvchisi Sh.Qoraboyev, shuningdek, Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi ingliz tili o‘qituvchisi Y.Yormatova ishtirok etdilar.
Davra suhbatida jadidchilik va ma’rifatparvarlik g‘oyalari haqida fikrlar bildirildi, jadidchilik harakati namoyandalari va ular bosib o‘tgan yo‘l, jadidlarning orzu-istaklari aks etgan video film namoyish etildi. Bundan tashqari jadidlar haqida yozilgan kitoblar taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.