Bugun Farg’ona tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tasarrufidagi 24-umumiy o’rta ta’lim maktabida ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari ishtirokida “Zamonaviy ustoz” viloyat ko’rik-tanlovi tuman bosqichi o’tkazildi.
Tanlovda Farg’ona tuman hokimi davlat tili bo’yicha maslahatchisi M.Obidova va Farg’ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi Metodik xizmat ko’rsatish bo’limi ona tili va adabiyot fani metodisti M.Eraliyevalar ishtirok etdilar.
Ko’rik-tanlovda ishtirokchilar tanlov nizomi asosida “Taraqqiyot har bir sohada o’zini ko’rsatmoqda, shu jumladan, ta’lim tizimida ham. Kimlardir davlat OTMlarida ta’lim olishni afzalroq deb bilsa, ayrim kishilar xususiy OTMlarni afzal ko’rishmoqda” mavzusida esse yozdilar.