Bugun Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi va Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi bilan hamkorlikda “Sifatli ta’lim- taraqqiyot tayanchi” shiori ostida “Fizika fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar “ mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar Farg‘ona shahri 42-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona viloyatidagi 19 tumandan 5 nafardan trener o‘qituvchilar qatnashdilar.
Seminar dasturidan fizika fanidan metodik qo‘llanma yoki metodik tavsiya yaratish bo‘yicha, 11-sinflarda virtual laboratoriya ishlarini o‘tkazish, 11-sinf darsligidagi murakkab mavzularni yoritishdagi muammo va yechimlar haqida, tuman va shahar bosqichi olimpiada masalalari yechimlari hamda o‘qituvchilarni malaka –toifa testlari bazasi haqida ma‘lumotlar o‘rin olgan.
Seminar mavzulari tuman va shaharlarda trenerlar tomonidan davom ettiriladi.