Bugun Farg‘ona viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va Farg‘ona viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi va Farg‘ona  “Temurberlar” maktabi harbiy akademik litseyi bilan hamkorlikda “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada , najot – bilimda” shiori asosida “Otish tayyorgarligini o‘qitish metodikasi” mavzusida o‘quv – amaliy seminar tashkillandi.

 

Farg‘ona  “Temurberlar” maktabi harbiy akademik litseyida bo’lib o’tgan seminarda Farg‘ona viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan tashrif buyurgan CHQBT fani o‘qituvchilari qatnashdilar.

O‘quv-amaliy seminarni litsey derektori Podpolkovnik B.A.Ismatov ochib berdi va litsey CHQBT fani o‘qituvchisi A. Xojimatov hamda Farg‘ona viloyati PYMO‘MM Jismoniy tarbiya va ChQBT fanlari metodisti A.Urinovlar o’z ma’ruzalari bilan davom ettirdilar. Seminar qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *