Avval xabar berganimizdek Farg‘ona viloyati PYMO‘MMda “English Speaking Nation: Secondary Teachers Training” (ESN:STT) dasturi doirasidagi o‘quv trening o‘z faoliyatini boshlagan va mazkur trening 22-28 mart kunlariga belgilangan edi. “6 Ps and TETE Content” kurs o‘z faoliyatini yakunladi.
Farg‘ona viloyati MMT boshqarmasi hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan ingliz tili o‘qituvchilar bilan olib borilgan intensiv mashg‘ulotlar juda ham qizg‘in ruhda bo‘lib o‘tdi. Trening davomida ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘qitishda interfaol metodlar, didaktik o‘yinlar va ulardan dars davomida samarali foydalanish borasida ko‘plab fikrlar almashildi. Trening ishtirokchilarining o‘zlari ham mashg‘ulotlar davomida faol ishtirok etdilar, juftliklarda, kichik guruhlarda ishladilar hamda bu borada o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Trening yakunida har bir ishtirokchi o‘zi tanlagan mavzu yuzasidan “Micro- teaching” mashg‘ulotini taqdim etdi.