Bugun Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi ingliz tili fani o‘qituvchisi T.Sodiqov tomonidan malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida “Mahorat darsi” tashkillandi.

Darsni Qo‘shtepa tumani 6-o‘rta ta’lim maktabi oliy toifali ingliz tili o‘qituvchisi Fozilov Asqarali Qahramonovich pedagogik markazda tashkil etilgan ingliz tili 2-guruh tinglovchilari bilan “Importance of using games in EFL classrooms” mavzusida dars mashg‘ulotini olib bordi.

Mahorat darsi davomida tinglovchilarni bir-birlari bilan yaqindan tanishtirish uchun “Warm up activity”, sifatida “Birthday line” mashg‘ulotini o‘tkazdi. Shundan so‘ng “Stop the bus” uslubidan foydalanib tinglovchilar darsda individual ishtirok etdilar.

Bundan tashqari guruhlarda tinglovchilar “Black magic” hamda “Buzz game” topshirig‘ini bajardilar. Mashg‘ulot yakunida har bir tinglovchi mazkur mahorat darsi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

 

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *