Bugun pedagogik markazda “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi ingliz tili o‘qituvchisi Y.Yormatova tomonidan malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida “Mahorat darsi” tashkillandi.

Dars “4K koʻnikmalarini shakllantirish metodikasi” moduli bo‘yicha olib borildi. Farg‘ona tumani 4-umumta’lim maktabi ingliz tili o‘qituvchisi Abduraximova Durdona va Toshloq tumani 5-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Abdusalomova Ziyoda hamkorlikda ingliz tili 3-guruh tinglovchilari bilan “Making lesson plan and giving instruction” mavzusida dars mashg‘ulotini olib bordilar.

Tinglovchilar juftliklarda va kichik guruhlarda ishlab, o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bundan tashqari mashg‘ulotda dars davomida o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun “4 corners-warm up activity”, “ICQ chekcing”, “Heads up”, “Guiding artist”, “Photo instuction” mashqlardan foydalanish mumkinligi to‘g‘risida ham tegishli ko‘rsatmalar berildi.

 

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *