Joriy yilning 30 – mart kuni Farg‘ona viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va Farg‘ona viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish Milliy markazi bilan hamkorlikda 1- musiqa maktabida “Musiqa madaniyati fanida metodlardan samarali foydalanish” mavzusidagi Respublika o‘quv-amaliy seminar” tashkil etildi.
Kirish so’zini Farg’ona viloyati PYMOʻMM metodik hizmat boʻlimi musiqa fani metodisti To’xtasinov Umidjon ochib berdi.
Qatnashchilar o’zlarini ochiq dars mashg’ulotlari va taqdimotlari hamda tayyorlagan raqslari bilan ishtirok etdilar.