Maqola sarlavhasi bosh harfda aniq qilib, o‘zbek (lotin grafikasida), rus, ingliz tillarida bo‘lishi kerak.

Maqola muallifi to‘g‘risida ma‘lumot (Author information) qismida muallifning ismi-sharifi (otasining ismi bilan), ish joyi va lavozimi o‘zbek (lotin grafikasida), rus, ingliz tillarida, ilmiy darajasi va unvoni, elektron pochta manzili va muloqot telefonlari kiritiladi.

Annotatsiya (Abstrakt) maqolaning asosiy mazmunini aks ettirishi hamda o‘zbek, rus, ingliz tillarida bo‘lishi shart. Sohasiga qarab, hajm 100-150 so‘zdan 200-250 so‘zgacha bo‘lishi mumkin.

Kalit so‘zlar (Key words) maqola mazmuni va maqsadini eng qisqa mazmunda ochib beruvchi so‘zlar hisoblanadi. Qidiruv tizimida maqola oson va eng birinchi sahifalarda topilishi uchun kalit so‘zlarning har biri asosiy matn tarkibida o‘rtacha 6-8-marta takrorlanishi tavsiya etiladi.

A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti “Xalq ta‘limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar” jurnalining 2024-yil 1-sonida chop etish uchun maqolalarni qabul qilishni boshladi!

MAQOLALAR MAKTAB TA‘LIMINI RIVOJLANTIRISH MASALALARIGA QARATILGAN YO‘NALISHLARDA QABUL QILINADI:

•mamlakatda maktab ta‘limi va ta‘lim uzluksizligi yo‘nalishlarida olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, zamonaviy pedagogik texnologiyalarining yaratilishi va ularni keng tatbiq etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, jahonda mazkur sohalarda ro‘y berayotgan jarayonlar;

•xalqaro tendensiyalar va ilmiy izlanishlar bilan muvofiqlikni ta‘minlash maqsadida maktab ta‘limining dolzarb muammolari yuzasidan tizimli asosda amalga oshilayotgan xalqaro ilmiy-tadqiqotlar;

•maktab ta‘limi tizimini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari, maqsad va dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilovchi masalalar;

•mamlakatda maktab ta‘limi tizimi faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida xalqaro baholash tadqiqotlarida yetakchi o‘rinni egallab kelayotgan mamlakatlar erishgan ilm-fan, yuqori texnologik yutuqlar hamda amalga oshirilgan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar mazmunini, O‘zbekistonning xalqaro tadqiqotda ishtirok etish natijalari, muammolar, yechimlari;

•O‘zbekistonda maktab ta‘limini tashkil qilishning ilmiy-nazariy va amaliy-texnologik asoslarini tahlil qilish, milliy ta‘lim standartlari, o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish va tajriba-sinovdan o‘tkazishning dolzarb masalalari;

•kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish, qayta tayyorlash, ta‘lim menejmenti, boshqaruvga doir dolzarb muammolar, xalqaro tajriba, amalga oshirilayotgan ishlarning ilmiy-amaliy tadqiqot natijalarini tahlil qilishga doir amalga oshirayotgan innovatsion ishlar.

MAQOLALARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:

Maqola sarlavhasi bosh harfda aniq qilib, o‘zbek (lotin grafikasida), rus, ingliz tillarida bo‘lishi kerak.

Maqola muallifi to‘g‘risida ma‘lumot (Author information) qismida muallifning ismi-sharifi (otasining ismi bilan), ish joyi va lavozimi o‘zbek (lotin grafikasida), rus, ingliz tillarida, ilmiy darajasi va unvoni, elektron pochta manzili va muloqot telefonlari kiritiladi.

Annotatsiya (Abstrakt) maqolaning asosiy mazmunini aks ettirishi hamda o‘zbek, rus, ingliz tillarida bo‘lishi shart.

Kalit so‘zlar (Key words) maqola mazmuni va maqsadini eng qisqa mazmunda ochib beruvchi so‘zlar hisoblanadi.

Yuborilayotgan har qanday ilmiy maqola kirish qismini (kirish va Introdaction / Xulosalar / Conclusion) ajratib ko‘rsatishga imkon beradigan tuzilishga ega bo‘lishi kerak.

Maqola matni shrifti “Times New Roman”da, 14 kegelda bo‘lib, qatorlar oraliqlari masofasi 1 intervalda bo‘lishi lozim. Maqola matni sahifasining barcha (o‘ng, chap, yuqori va quyi) tomonidan 2 santimetrdan iborat masofa qoldiriladi. Maqolaning maksimal hajmi 16 betdan oshmasligi, minimal hajmi esa 8 betdan kam bo‘lmasligi lozim.

Maqolada yuqori sifatli illustrativ materiallar taqdim etilishiga harakat qilish muhimdir. Illustrasiyalar aniq bo‘lishi, xalqaro standartlarga muvofiq tuzilgan jadvallardan iborat bo‘lishi, jadval nomlari uning yuqori qismida, chizma yoki rasm nomlari ularning quyi qismida yozilishi hamda ularning manbaasi aniq ko‘rsatilishi lozim.

Adabiyotlar: tarkibi, manbaalar soni (adabiyotlar ro‘yxati hajmi)

Bir nechta istisnolardan tashqari barcha ma‘lumotlarda indekslangan ingliz va o‘zbek tilidagi manbaalarga havolalar bo‘lishi maqsadga muvofiq.

Adabiyotlar ro‘yxatidagi barcha havolalar maqola matniga kiritilishi kerak.

Foydalanilgan barcha adabiyotlarning ro‘yxati [1], [2] yoki [3] ketma-ketligida qo‘yiladi:

-mualliflar ismi-sharifi, kitob nomi, nashr manzili nashriyot nomi, yili, betlari;

-mualliflar ismi-sharifi, maqola nomi, jurnal nomi, nashri, yili, soni, betlari.

Adabiyotlar ro‘yxatlari hajmi eng kami 8-10 ta manbaadan iborat bo‘lishi lozim.

Maqolalar o‘zbek, rus, yoki ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.

Yuborilgan maqolalarning barchasi “Antiplagiat” tizimida tekshiriladi va maxsus dasturdagi ko‘rsatkich kamida 65% bo‘lishi talab etiladi. Aks holda, mazkur maqola plagiat deb hisoblanadi va maqola rad etiladi. Mualliflar o‘zlarining ishlariga murojaat qilgan holda iqtibos berishlari mumkin, ammo o‘z ishlariga murojaat qilish chegarasi 15%dan oshmasligi kerak.

Ilmiy-nazariy va o‘quv-uslubiy jurnalda maqolasini chop etish istagidagini bildirganlar 2024-yil 25-aprelga qadar +998998763987 raqamli telegram manziliga (@allohgashukurona) yuborishlari so‘raladi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *