Bugun Pedagogika markazi “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta oʻqituvchisi Rivojiddin Sharofiddinov tomonidan “Maktab amaliyotchi psixologlari” kursi tinglovchilari uchun “Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Dars alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga ta’lim-tarbiya berish, ularning jamiyatda o‘ziga munosib o‘rinni egallashlariga ko‘maklashish masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda hozirda mamlakatimiz ta’lim tizimiga jadal kirib kelayotgan inklyuziv ta’lim shaklini joriy etishga oid masalalar haqida R. Sharofiddinov tinglovchilarga aniq ma’lumotlarni taqdim etdilar.
Ochiq dars davomida Inklyuziv ta’lim — alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlagan holda beriladigan ta’lim ekanligi haqida ham o‘z fikrlarini bayon qildilar.