Viloyat xokimining “Farg‘ona viloyatida “Onalarga ehtirom” festivalini yuqori saviyada tashkil etish to‘g‘risida”gi 2024-yil 10-may 167/01-49-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida “Axboro-resurs markazi” va “Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi” bilan hamkorlikda “Kitobxon ona” nomli davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida Fargʻona viloyati pedagoglarini yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi v.v.b direktori X.Shokirova, xotin-qizlar huquqiy tashkiloti rahbari X.Xoshimova, “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi” professor-oʻqituvchilari va tinglovchilari, “Axborot” -resurs markazi” dasturi va yosh avlodni tarbiyalab, bugun keksalik gashtini surayotgan 1000 dan ortiq badiiy adabiyotlarni mutolaa qilgan “Kitobxon ona” Niyozova Xanifaxon opa qatnashdilar.
Davra suhbatini pedagogika markazi vvb direktori X.Shokirova kirish so’zi bilan ochib berdi va so’zni Niyozova Xanifaxon opaga berdilar.
“Kitobxon ona” Niyozova Xanifaxon opa kitobni inson hayotidagi va farzand tarbiyasidagi o’rni haqida fikrlarni bildirdi. Xanifaxon opa mutolaa yaratgan asarlarining yaratgan qahramonlari haqida tinglovchilarga so’zlab berdilar.
Davra suhbati juda qizg’in davom etdi va tinglovchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga Xanifaxon opadan javoblar oldilar. Ushbu tadbir barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.