Bugun Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi “Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari” kafedrasi mudiri G. Raximova tomonidan malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida “Mahorat darsi” tashkillandi.
Darsni Quvasoy shahar 2-maktab psixologi Djurayeva Gulxumor, Farg‘ona tumani 35-maktab psixologi Mo‘minova Barchinoy, Oltiariq tumani 1-maktab psixologi Raximova Nigora hamda Farg‘ona tumani 49-maktab psixologi Muydinova Djamilalar “Maktab amliyotchi psixologlari” kursi tinglovchilari ishtirokida olib bordilar.
Ushbu dars davomida psixologlar ish faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni qanday bartaraf qilish doirasida turli mavzular misolida yoritib berdilar. Darslarni qiziqarli eneyjayzerlar va trening mashqlar orqali mazmunli tashkil etdilar.