Farg’ona viloyati Farg’ona shahridagi Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 41-maktabda “So’nggi qo’ng’iroq” bayram tadbiri yuqori saviyada tashkillandi.

Maktab bayramona bezatilib, o’qituvchi va ustozlarga, bitiruvchi o’quvchilarga hamda ota-onalarga barcha sharoitlar yaratilgan holda Davlat madhiyasi bilan boshlangan tadbir nihoyatda ko’tarinki ruhda davom etdi.
Tadbirda maktab direktori Muattar Nosirovna Rahimova bitiruvchi o’quvchilarga o’zining ezgu tilaklarini izhor qildi.

Farg’ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi v.v.b. direktori, filologiya fanlari doktori Havasxon Shokirova yangi hayotga qadam qo’yayotgan bitiruvchi yoshlarga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning bayram tabrigini o’qib eshittirdi va bayram bilan qutladi.
Tadbirda bitiruvchi yoshlarning she’r, qo’shiq va raqslari barchani maftun etdi.

 

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *