Bugun Farg’ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda Pedagogik markaz metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i S.M.Boborahimov Qo‘shtepa tumani Ixtisoslashtirilgan maktab internatida “So’nggi qo’ng’iroq tadbiri” da mehmon sifatida ishtirok etdi. Bitiruvchilar va maktab jamoasiga boshqarma nomidan tabriklarni yo’lladi. Ixtisoslashtirilgan maktab internatlari agentligining tashakkurnomasini maktab jamoasiga taqdim etdi.