Bugun Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi ingliz tili o‘qituvchisi Y.Yormatova tomonidan malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida “Mahorat darsi” tashkillandi.

Darsni Quva tumani 1-umumta’lim maktabi ingliz tili o‘qituvchisi Umarova Zamira ingliz tili 3-guruh tinglovchilari bilan “Working with” mavzusida dars mashg‘ulotini olib bordilar.

Tinglovchilar Multilevel test bo‘yicha ishlab, o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Mazkur mahorat darsi juda ham jonli va qiziqarliligi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Mashg‘ulot yakunida har bir tinglovchi mazkur mahorat darsi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

 

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *