Bugun pedagogik markazning “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi Nargiza Azimova tomonidan malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida “Mahorat darsi” tashkillandi.

Ushbu mahorat darsini kimyo fani tinglovchilari bilan Oltiariq tumani 32-umumta’lim maktabi kimyo fani o‘qituvchisi Tillaboyeva Umidaxon hamda Furqat tumani 3-umumta’lim maktabi kimyo fani o‘qituvchisi Ahmedova Zumradxon birgalikda olib bordilar.

 

Dars noan’anaviy tarzda boshlanib, yakuniga qadar yangi metodlar asosida o‘tdi. Dars jarayonida Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi kimyo fani metodisti M.M.Abdurahmonova qatnashdi va dars yuzasidan o‘zining iliq firklarini bildirib o‘tdilar. Mahorat darsi barchaga manzur bo‘ldi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *