Bugun Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi “Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikalari” kafedrasi oʻqituvchisi Talabova Dilrabo tomonidan “Mahorat darsi” tashkillandi.

Darsni Quvasoy shahar 21-umumta’lim maktabi boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Xaydarova Nodira boshlangʻich taʼlim 3-guruh tinglovchilariga “Boshlang‘ich ta’lim jarayonida yangi texnologiyalar orqali o‘quvchilarning kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish” mavzusida dars mashg‘ulotini olib bordi.

Mahorat darsi davomida 4K modeli asosida  “Quvnoq sharlar”, “aqlli smartfon” hamda “ortiqchasini top” kabi didaktik oʻyinlardan foydalanildi.

 

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *