Bugun Pedagogik markazimizda “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi ingliz tili fani o‘qituvchisi T.Sodiqov tomonidan malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida “Mahorat darsi” tashkillandi.
Darsni Quva tumani 1- umumta’lim maktabi ingliz tili o‘qituvchisi hamda chet tilini bilish darajasini belgilovchi C1 darajadagi xalqaro sertifikat sohibaslari Uzoqova Dilafruz va Mo’minova Dilfuza pedagogik markazda tashkil etilgan ingliz tili 1-guruh tinglovchilari bilan “Interactive methods of teaching English” hamda “Sequencing of lessons” mavzularida dars mashg‘ulotini olib bordilar.
Mazkur mahorat darsi juda ham jonli va qiziqarliligi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Bundan tashqari mashg‘ulotda dars davomida o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun “Ice breaking”, “Snow ball game”, “bicycle chain” mashqlardan hamda dars jarayonida “Sequincing of lessons” metodidan foydalanish to‘g‘risida ham kerakli ko‘rsatmalar berdilar.