Bugun Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi “Amaliy fanlar va axborot texnologiyalari” kafedra mudiri G‘anijon Xoshimov tomonidan “Musiqa madaniyati” kursi tinglovchilari uchun “Zamonaviy ta’lim va innovatsion texnologiyalari” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Dars davomida “Aqliy hujum”, ”Bumerang”, ”Beshinchisi ortiqcha” hamda “Venn diagrammasi” metodlaridan unumli foydalanildi. G‘.Xoshimov darsni muhim san’alarni eslash davomida tarix. adabiyot, matemetika, va tasviriy san’at fanlariga bog‘lay oldilar. Kurs tinglovchilariga bolalarga ta’lim-tarbiya berishda, hozirda musiqa madaniyati faniga qo‘yilayotgan talablar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.