Bugun Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi ingliz tili fani o‘qituvchisi Y.Yormatova tomonidan malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida “Mahorat darsi” tashkillandi.
Darsni Farg‘ona shahar 24- va 38-umumta’lim maktabi ingliz tili o‘qituvchilari Asrorova Shahnoza hamda Usmonova Nodira pedagogik markazda tashkil etilgan ingliz tili 3-guruh tinglovchilari bilan “Effective methods in teaching English” mavzusida dars mashg‘ulotini olib bordilar.
Tinglovchilar juftliklarda va kichik guruhlarda ishlab, o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Dars davomida tinglovchilar “Line up”, “Quite year”, “Four corner”, “Zoom in”, “Exit ticket”, “Kahoot” hamda “Exquisite corpse” kabi bir nechta topshiriqlarni bajardilar. Mazkur mahorat darsi juda ham jonli va qiziqarliligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.