Joriy yining 7-iyun kuni Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi “ Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari ” kafedrasi oʻqituvchisi Mexrixon Rahmonova tomonidan “O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari” kursi tinglovchilari uchun “Xalqaro yondashuvlar asosida maktab ta’limi samaradorligini oshirish” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Dars davomida umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari bilimini baholash bo‘yicha xalqaro dasturlarni amaliyotga joriy etish maqsadida PISA, PIRLS, TIMSS taʼlim sifatini baholash xalqaro dasturlarida ishtirok etish shuningdek, taʼlimi tizimidagi katta yangilanishlardan biri milliy dastur asosida darsliklar va oʻquv metodik adabiyotlarni zamon talablariga moslashtirish hamda formativ va summativ baholash mezonlari bo‘yicha amaliy trening mashguloti o‘tkazildi.

 

 

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *