Joriy yilning 21-iyun kuni Fargʻona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi faollar zalida  “Kasbiy rivojlantirish kuni” munosabati bilan markaz professor-oʻqituvchilari va metodik xizmat koʻrsatish boʻlimi metodistlariga Maktabgacha va maktab taʼlimini vazirligi hamda Singapur davlatining “Marshall cavendish edikation” markazi hamkorligida  “MUVOFAQIYATLI ISLOHOTLAR-YUQORI NATIJALAR” mavzusidagi xalqaro konferensiyada qatnasib kelgan Pedagogik markaz metodik xizmat koʻrsatish boʻlimi metodistlari tomonidan o’quv-trening o’tkazildi.

Seminar ishtirokchilariga ushbu xalqaro konferensiya yo’nalishlari haqida batafsil ma’lumotlar yetkazildi. Seminar-trening soʻngida  markaz professor-oʻqituvchilari va metodik xizmat koʻrsatish boʻlimi metodistlarining qiziqtirgan savollariga seminar tashkilotchilari tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *