Joriy yilning 27-28 iyun kunlari Fargʻona viloyati ” Yoshlar markazi” da AQSHning USAID tashkiloti va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda yoshlarning ishga joylashish ko‘nikmalarini shakllantirish (YES) loyihasi asosida seminar-trening mashg‘ulotlari o’tkazildi.
Treningda loyiha asoschilaridan Amerikalik Miss Kara xonim ishtirok etib, loyihaning asosiy maqsadi va uning amaliyotga tadbiqi to’g’risidagi fikrlarini aytib o’tdi.
Seminar-trening ishtirokchilari bilan birgalikda o’tkazilgan mashg’ulotlar bahs va munozaralarga boy bo’ldi. Unda pedagogik markazimiz professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etdilar.