Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Singapurning Marshall Cavendish Education tashkiloti bilan hamkorlikda “O’zbekiston uchun yaxlit ta’lim yechimlari” mavzusi doirasida joriy yilning 8-12-iyul kunlari davomida matematika va tabiiy fanlar o‘qituvchilari uchun seminar-treninglar tashkil etilgan.
Ma’lumot o’rnida, Treninglarda Respublikamiz bo‘ylab 260 nafar ustozlar ishtirok etishdi. Unda Farg’ona viloyati pedagogika markazidan ham 8 nafar professor-o’qituvchi va metodistlar qatnashdilar.
Mahorat darslarida o‘quvchilarga mavzularni oson va qiziqarli yo‘l bilan yetkazish, ularda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini mustahkamlash va PISA tadqiqotlariga tayyorgarlik ko‘rish kabi mavzularda so‘z bordi.
Seminarning yopilish va taqdirlash marosimida treninglarda qatnashgan ustozlarga sertifikat topshirildi.