Joriy yilning 22-26-iyul kunlari Qo‘qon shahrida umumta’lim maktablarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, tarbiyaviy ishlar natijadorligini hamda direktor o‘rinbosarlarining ish faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorligida “Qo‘qon shahridagi umumta’lim maktablari direktorlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari faoliyatini tizimli tashkil etish, muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazidan v.v.b direktori X. Shokirova va markaz professori N. Abdulahatovlar ishtirok etmoqda. N. Abdulahatovning sermazmun ma’ruzasi viloyat umumta’lim maktablari direktor o‘rinbosarlarida katta qiziqish uyg‘otmoqda.