Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazi hamda maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi, koordinator va trenerlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Singapurning Marshall Cavendish Education tashkiloti bilan hamkorlikda matematika va tabiiy fanlar o‘qituvchilari uchun seminar-treninglarni viloyat bosqichini tashkil etish uchun tayyorgarlik jarayonlari bo’lib o’tdi.
Seminar-treninglarda tayyorlangan menejer liderlar trener, master-trener va trener-koordinatorlar yordamida joriy yilning avgust oyida hududlardagi tegishli rahbar va pedagog xodimlarni “kaskad” usulida o‘qitishni tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Joriy yilning 5-10-avgust kunlari Fargʻona viloyati pedagogik mahorat markazida “O‘zbekiston uchun yaxlit ta’lim yechimlari” mavzusida seminar-treninglar tashkil etiladi.