Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazi “Ijtimoiy iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi tarix fanlari doktori, professor Nodirjon Abdulahatovning “QADIM ARSIF TARIXIDAN” nomli kitobi 6 tilga tarjima qilindi.
Kitob Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrining Arsif qishlog‘ining uzoq o‘tmishi va undagi mavjud arxeologik yodgorliklari, arsiflik avliyolar haqida hikoya qiladi. Qolaversa, mazkur kitobda Turkiston xalqlarining qadim tarixiga doir qimmatli ma’lumotlarning keltirilishi ham tariximiz muxlislariga munosib tuhfadir. Monografiya tarix, manbashunoslik, arxeologiya, elshunoslik, adabiyot, o‘lkashunoslik, agiografiya, madaniyatshunoslik, ziyorat turizmi bilan qiziquvchi kitobxonlarga mo‘ljallangan.