Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazida Singapurning “Marshall Cavendish Education” xalqaro ta’lim tashkiloti dasturi asosida o‘tkazilayotgan treninglar yakunlandi.
5-8-avgust kunlari o‘tkazilayotgan treninglarda Seminar-trening jarayonlariga 19 nafar tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudirlari, 73 nafar maktab direktorlari, 39 nafar matematika fani o‘qituvchilari va 57 nafar tabiiy (Science) fani o‘qituvchilari XXI asr ko’nikmalari bo’yicha tanqidiy fikrlash va kreativ usulida o’qitildi hamda trening yakunida ularga Farg‘ona viloyati mahorat markazi tomonidan tashakkurnoma va sertifikatlar taqdim etildi.
O‘tkazilayotgan treninglar endi tuman (shahar) tayanch maktablarida davom etadi.