Joriy yilning 12-20- avgust kunlari Farg‘ona viloyati pedagogik markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o’quvchilarini Xorijiy til va Zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 2-fevraldagi PQ-53-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda ikkinchi xorijiy tildan dars beradigan o‘qituvchilarni yangi o‘quv dasturlari va metodikalarga o‘rgatish maqsadida qisqa muddatli maqsadli malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
Mazkur qisqa muddatli malaka oshirish kurslariga ikkinchi xorijiy til o‘qitiladigan 29 ta maktablarning xorijiy til o‘qituvchilari jalb etildi.
Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tugatgan xorijiy til o‘qituvchilariga mazkur platforma orqali malaka oshirish kurslarini tugatganligi to‘g‘risidagi sertifikat taqdim etiladi.