Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bayramini munosib kutib olish maqsadida ta’mirlash ishlarini qizg‘in pallada olib bormoqda. Obodonlashtirish va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ta’lim sifati, albatta, ta’lim sharoitiga bog‘liq. Malaka oshirish kurslarida va professor-o‘qituvchilar faoliyatida o‘zaro tajribalar almashish va o‘zini o‘zi mustaqil rivojlantirishga asoslangan uzluksiz kasbiy rivojlantirish shakllarini tashkil etishda yaratilgan shart-sharoit muhim ahamiyat kasb etadi.