Joriy yilning 12-15-avgust kunlari Toshkent shahrida USAIDning “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasi “Boshlang‘ich sinflarda formativ baholashni tashkil etish” mavzusida trening bo’lib o’tdi.
Treningda O‘zbekistonning barcha hududlaridan 50 ga yaqin o‘qituvchi va ta’lim sohasi mutaxassislari ishtirok etdi.
Mazkur intensiv trening O‘zbekistondagi o‘qituvchilarga baholash bo‘yicha zarur ko‘nikma va bilimlarni berish orqali ularning salohiyatini oshirishga qaratilgan. Samarali o‘qitish va uning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan formativ baholash o‘qituvchilarga real vaqt rejimida turli xil ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan o‘quvchilarning rivojlanishini kuzatish va qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi hamda inklyuziv ta’lim muhitini rivojlantiradi.
Treningda Farg’ona viloyati Pedagogik mahorat markazi boshlang’ich ta’lim metodisti va professor-oʻqituvchilari oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.