Farg‘ona tumanidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Singapurning xalqaro ta’lim tashkiloti dasturi asosida 3-bosqich treninglari davom etmoqda.
Jarayonda o‘qituvchilarning xalqaro ta’lim dasturlariga oid ko‘nikmalarini takomillashtirish, bu orqali o‘quvchilarning mazkur fanlar bo‘yicha savodxonligini oshirish, sun’iy intellektdan foydalangan holda egallagan bilimlarini hayotda qo‘llay olish, raqamli texnologiyalarni keng va samarali joriy qilish ko‘zda tutilgan.