Ushbu seminar Farg‘ona shahridagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkillandi.
Mazkur tadbirni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov ochib berdi.
To‘rt kun davomida tumandagi 64 ta maktabning direktor va tanlab olingan ilg’or o‘qituvchilariga master-trener, koordinator hamda mentor – o‘qituvchilar yordamida mahorat darslari o‘tilishi belgilangan.
Tadbirda maktab direktorlari, matematika fani o‘qituvchilari, tabiiy (Science) fani o‘qituvchilari qatnashmoqdalar.