Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’imi vazirligi tomonidan Singapurning “Marshall Cavendish Education” tashkiloti bilan hamkorlikda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga keng tatbiq etish maqsadida kaskad usulidagi seminar-treninglarning viloyatimizda shahar va tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat shahar va tumandalaridagi umumta’lim maktablarining direktorlari, tanlab olingan ilg’or o‘qituvchilariga master-trener, koordinator hamda mentor-o‘qituvchilar tomonidan  mahorat darslari o’tkazilgandi.

Mazkur tadbirda qatnashib, o‘z bilim va tajribasini o‘rganishga muvaffaq bo‘lgan farg‘onalik 954 nafar maktab direktorlari, 954 nafar aniq fanlar hamda 954 nafar tabiiy fanlar metodbirlashma rahbarlari maxsus sertifikatlarga ega bo‘ldilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *