Bugun Farg‘ona viloyati Pedagogik mahorat markazi pedagog xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-231-son qarori va 2024-yil 8-12-iyul kunlari Singapurning “Marshall Cavendish education” tashkiloti bilan hamkorlikda “O‘zbekiston uchun yaxlit ta’lim yechimlari” mavzusida o‘tkazilgan trening materiallari asosida  o‘quv seminar tashkil etildi.

 

Seminarda “Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i” Z.Teshaboyevning  “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-231-son qarori va qaror ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati” mavzusidagi, “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi X.Xamrakulovning “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.

 

Shundan so‘ng “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchilari X.Xamrakulov va X.Xashimova tomonidan “Sinfda muloqot va mulohaza yuritishni qo‘llab-quvvatlash uchun 5 ta nutq faoliyatidan foydalanish”, “Polyaning muammolarni hal qilish bosqichlari”, “Ilmiy jarayon ko‘nikmalari va so‘rovga asoslangan ta’lim, “5E” yondashuvi”, “O‘quvchilarda barqaror tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish yo‘llari” mavzularida trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

 

Seminar-trening yakunida hududiy markazda ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayoniga ilg‘or  xorijiy tajribalarni tatbiq etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

 

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *