Bugun Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazida Singapurning “Marshall Cavendish education” tashkiloti bilan hamkorlikda “O‘zbekiston uchun yaxlit ta’lim yechimlari” mavzusida o‘tkazilgan trening materiallari asosida navbatdagi seminar-trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Trening mashg‘ulotlarida professor-o‘qituvchilar ishtirokida o‘quvchilarni o‘rganishga o‘rgatish, matematik jarayonlar ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, muammolarni hal qilish, ilmiy jarayon ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Mashg‘ulotlar ilg‘or o‘qitish metodlari va o‘yinli texnologiyalardan foydalangan holda olib borildi. Mazkur Jarayonda professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etdilar.