Joriy yilning 12-13-sentabr kunlari Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi Tarix fani metodisti Saida Ibrohimova hamda Tarbiya fani metodisti Davlatjon Ruzievlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi Vazirining 2024-yil 7-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risida”gi 246-sonli va 2023-yil 16-avgustdagi “Tajriba-sinov maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi 248-son buyrug‘lari yuzasidan hududiy markazning “Tarix”, “Davlat va huquq asoslari” va “Tarbiya” fani tinglovchilariga “Metodist soati” tashkil etildi.
“Metodist soati” davomida tinglovchilarga buyruqlar yuzasidan barcha ma’lumotlar berildi hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.