2024 yil 13- sentabr kuni Farg‘ona viloyat pedogagik mahorat markazi, Farg‘ona “Temurberlar” maktabi harbiy akademik litseyi va Farg‘ona shahar mudofa ishlari bo‘limi bilan hamkorlikda “CHQBT fanini moddiy texnika ba’zasini takomillashtirish va ulardan unumli foydalanish metodikasi” mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkillandi.

Unda Farg‘ona shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan tashrif buyurgan 47 nafar Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari qatnashdilar.

 

O‘quv-amaliy seminarni Farg‘ona  “Temurberlar” maktabi harbiy akademik litseyi derektori Podpolkovnik B.A.Ismatov ochib berdi. Seminar davomida Farg‘ona “Temurberlar” maktabi harbiy akademik litseyi ChQBT fani o‘qituvchisi Avazbek Xojimatov, Farg‘ona shahar mudofa ishlari bo‘limi mutaxasisi A.Abdullaev va Farg‘ona viloyati hududiy markaz Jismoniy tarbiya va ChQBT fanlari metodisti A.Urinovlarning  ma’ruzalari tinglandi.

 

Seminarda “Temurberlar” maktabi harbiy akademik litseyi qoshida tashkillangan aviohavaskorlar to‘garagi mutaxassislari tomonidan o‘zlari tayyorlagan uchish apparatlari bilan qatnashib, uchish amalyotini samolyot maketida bajarib berishdi. Bundan tashqari birinchi bosqich kursantlari saf mashqlarini bajarish bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlari bilan qatnashib seminarga yanada zavq berishdi.

      

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *