Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 7-avgustdagi 246-son buyrugʻiga asosan “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining birinchi bosqichini 2024-yilning oktabr oyidan aniq (matematika, informatika) va tabiiy (fizika, biologiya, kimyo, geografiya) fanlar yoʻnalishida tashkil etish belgilangan.
Joriy yilning 18-19-sentabr kuni xalqaro taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda zoom platformasida tabiiy va aniq fanlar yoʻnalishida master-trener va mentor-oʻqituvchilar uchun oʻquv jarayonlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Farg‘ona viloyati Pedagogik mahorat markazida hududdagi kasbiy rivojlanish tadbirlari ishtirokchilari uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi va oʻquv jarayonlari boshlandi.