Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 7-avgustdagi 246-son buyrugʻiga asosan “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari aniq fanlar yoʻnalishi bo‘yicha treninglar bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu seminar-treningda A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy Instituti mas’ul xodimi Mamadjanov Komil Ahmadjanovich, Farg‘ona viloyat pedagogik mahorat markazining 1 nafar koordinatorlari, 4 nafar aniq fanlar master- trenerlari, 1 nafar Ingliz tili metodisti va 38 nafar mentor oʻqituvchilar ishtirok etmoqda.